1. Endi boshlayotganlar uchun kurs to'g'ri keladimi?
Albatta. Kursning birinchi bo'limida dasturni o'rnatishdan tortib barcha elementlari juda yaxshi tushuntirilgan.
2. Photoshopning qaysi versiyasi ishlatiladi?
Photoshop 2020 so'ngi versiyasi ishlatiladi. Lekin videodarslar Photoshopning bundan oldingi versiyalar uchun ham to'g'ri keladi.
3. Videodarslarni qancha vaqtda to'liq tugatish mumkin?
Kurs davomidagi videolar jami 10 soatdan oshadi. Agar topshiriqlarni ham hisoblaganimizda, istasangiz 1 oyda, 2 oyda, yoki 1 haftada tugatishingiz ham mumkin. Bu sizni qanchalik qiziqishingiz va harakatingizga bog'liq.
4. Agar kurs yoqmasa pul
qaytariladimi?
Yo'q, chunki kurs sizga faqat foyda keltiradi.
5. Kurs davomida savol paydo bo'lsa nima qilaman?
Kursni qo'lga kiritganingizdan so'ng sizni telegramdagi yopiq guruhga qo'shamiz. U yerda men va kuratorlar sizga yordam berishadi.
6. Ushbu bilimlarni egallagan holda qancha oylikli ishga kirishim mumkin?
Hozirda grafik dizaynerlarning oyliklari kamida 2 mln. so'mdan 8 mln. so'mgachani tashkil qiladi. Tajribangiz qanchalik ko'p bo'lsa oylik ham shunga mutanosib o'sib boradi.